Italiyancha Limoncello restorani — bu yerda O‘rta yer dengizi quyoshi, taomlarga bo‘lgan muhabbat va yuqori darajadagi mahorat jam bo‘lgan.
Restorandagi har bir burchak dekori sizning eng chiroyli suratlaringiz va unutilmas, go‘zal xotiralar uchun yaratilgandek.
Asosiy bo‘lgan ta’mning sofligi va lahzaning go‘zalligiga e’tibor bering. Bu yerning muhiti tafsilotlarni tomosha qilishga, yoqimli iforlardan bahra olishga va Toshkentning markazida turib, o‘zingizni go‘yo dengiz bo‘yida bo‘lgandek his qilishga chorlaydi.